"Yuventus" futbolchisi EChLda kim favorit ekanligi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 195

"Yuventus" himoyachisi Danilo 2021/22 yilgi Chempionlar ligasi haqida taxminlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz Chempionlar Ligasining asosiy favoritlardan emasmiz, lekin biz g'oliblik uchun oxirigacha borishga harakat qilamiz va bunga imkoniyatlarimiz ham etadi. Hammamiz mavsumni raqobatbardosh tarzda o'tkazishni xohlaymiz. Menimcha,
"Liverpul", "PSJ" va "Manchester Siti" kabi klublar tarkib jihatdan ko'plab klublardan, xususan bizdan bir qadam oldinda va ularning imkoniyatlari ham bosh sovrin uchun yuqori", - deydi Danilo Fui Clear loyihasiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, "Yuventus" Chempionlar Ligasi H guruhida "Chelsi", "Zenit" va "Malmo" kabi jamoalar bilan joy olgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
412