Pedri muddatidan avval «Barselona» mashg'ulotiga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136
38
«Barselona» xavbeki Pedri klub mashg'ulotlariga qaytdi.
Bir necha manbalarning xabariga ko'ra, 18 yoshli futbolchi chorshanba kuniga qadar dam olish imkoniyatiga ega bo'lsa ham, 6 sentyabr kuni jamoa mashg'ulotlariga qaytgan.
Diario Sport jurnalisti Toni Xuanmartining xabariga ko'ra, uning birinchi mashg'uloti asosan individual holatda o'tgan. Pedri jamoaviy mashg'ulotga seshanba yoki chorshanba kuni qo'shilishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» 2021 yilda to'xtovsiz o'ynagan Pedriga dam olishi uchun qisqa muddatli tanaffus bergandi.
Manba: Diario SportFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
432