"Yuventus" Dibalaga yangi taklif jo'natdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

Hujumchi Paulo Dibala "Yuventus" klubidan yangi shartnoma taklifini oldi.
Jurnalist Nikolo Skira xabariga ko'ra, "byankonerilar" xo'jayinlari 27 yoshli argentinalikka 2025 yilning yozigacha 8,5 million evro maosh va 1 million evro bonus bilan uzoq muddatli shartnoma taklif qilishgan.
Ammo, Dibala yiliga 10 million evro maosh olishni xohlamoqda.
Eslatib o'tamiz, Pauloning "Yuve" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida tugaydi va yanvarda u istagan klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
403