Ronaldu transferi "Manchester Yunayted"ga qanchaga tushishi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 188

"Manchester Yunayted" "Yuventus" sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu transferi uchun qancha mablag' ajratgani ma'lum bo'ldi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning o'z ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida yozishicha, 36 yoshli portugaliyalikning transferi uchun"MYu" "keksa sinora"ga 15 million evro
beriladi, u yaqin besh yil ichida to'lanadi (yiliga 3 million evro).
Bundan tashqari, byankonerilar 8 million evro bonusga ega bo'lishi mumkin. Bonus olish shartlari hozircha oshkor qilinmayapti.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu "Manchester Yunayted"ni hafta oxirida "Old Trafford"dagi "Nyukasl"ga qarshi bahsida maydonga tushishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
361