Futbol va biznes: Bundesliga klublari kimlarga tegishli?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 185

EVROPANING KUChLI 5ta LIGASIDA O'YNAYDIGAN 98ta KLUB SOHIBIGA NAZAR. Investitsion bankirlar, shayxlar, kinoprodyuserlar va milliarderlar vorislari - zamonaviy futbolning eng sara klublari shunday odamlarga tegishli. Gazetamizning avvalgi sonlarida Angliya Premer-ligasi va Ispaniya La Ligasi klublari xo'jayinlariga daxldor ba'zi ma'lumotlarni taqdim etgan edik. Navbat Germaniya Bundesligasi ishtirokchilari tepasida turgan shaxslarga keldi. Aytish joiz, nemislar yurtida futbol jamoalarini xususiylashtirish masalasida mutlaqo boshqacha, qat'iy yondashuv bor. Gap «50+1» qoidasi haqida ketmoqda. Umuman olganda, Germaniyada ham milliarder sohiblar yo'q emas, faqat ularning moddiy holati bo'yicha ma'lumot oz, xuddi Ispaniya La Ligasidagi holatdek... Shunday bo'lsada, Germaniyada futbol klublarini kimlar moliyalashtirayotganlari, ularning asosan nima bilan shug'ullanishlari, qaerdan ekanliklarini bilish qiziqarli, baribir.
Germaniyada futbol hokimiyati nafaqa yoshiga etgan professional menejerlar qo'lida. Asosiy dalil shuki, xorijlik potentsial sarmoyadorlar uchun Evropaning kuchli 5ta chempionati orasida eng noqulayi va yoqimsizi aynan Bundesliga hisoblanadi. Hammasi o'sha mashhur «50}1» qoidasi bilan bog'liq, albatta. Bu qoidaning mohiyati oddiy va jo'n - har qanday klubning nazorat paketi uning ro'yxatdan o'tgan rasmiy a'zolarida qolishi shart. Qisqasi, Germaniyada klublar - muxlislar mulki! Xususiy sarmoyadorlar eng yaxshi holatda 49 foiz aktsiyaga umid bog'lashlari mumkin. Bu qoida germaniyalik muxlislarga moydek yoqishi turgan gap, ammo potentsial xaridorlar shuning ortidan Bundesligaga «o'gay» ko'z bilan qarashadi. Bir vaqtlar qabul qilingan shu qoida hammasini bir kunda jomadon to'la naqd pul bilan hal etishga yo'l qo'ymaydi. Ochig'i, busiz Germaniya Germaniya bo'lmasdi...
«50+1» qoidasi hali-hamon nemis futboli yuzini belgilab turibdi. To'g'ri, bir qator tuzatishlardan so'ng o'ta qat'iy alohida sarmoyadorlar ba'zi imkoniyatlarga ega bo'lishdi. Masalan, muayyan jamoa tuzilmasiga naq 20 yil davomida katta moliyaviy ta'sir o'tkazgan kishiga uni sotib olish huquqi beriladi. Katta kontsernlar («Bayer» va «Volfsburg» egalari) ayni shu yo'ldan bordi. SAP korporatsiyasi egasi Ditmar Xopp ham «Xoffenxaym» bilan munosabatda ayni shu shartni asos qilib olgan. Biroq tushunarliki, qandaydir shayxlar yoki xitoylik milliarderlarning 20 yil sabr bilan kutishlarini o'ylash ham qiyin. Ha, istisno holat ham yo'q emas: Red Bull korporatsiyasi «RB Leyptsig»ni bir o'zi nazorat qilmoqda, faqat oddiy hujjat sxemasi tufayli «50+1» qoidasini rasman buzmagan holda. Zero, qoidaga muvofiq, aktsiyalarning yarmidan ko'pi muxlislar guruhi nazorati ostida qolishi va uning a'zolari klub hayotidagi ba'zi jarayonlar (masalan, chiptalarga baho belgilash)ga bevosita ta'sir o'tkazish huquqiga ega bo'lishlari shart. «RB Leyptsig»da chindan ham, fan-klub a'zolari ko'proq ovozga egalar. Faqat farqi shuki, «Bavariya»da a'zolar soni 10 minglab bo'lsa, «RB Leyptsig»da atigi 17 nafar, xolos. Boz ustiga, ularning hammalari Red Bull boshqaruv apparati vakillari hisoblanishadi.
Muhimi, Germaniyaning aksariyat klublarida «50}1» qoidasi amalda. Ularda malakali moliyaviy boshqaruvga professional menejerlar javobgardirlar. Bular - turli korporatsiyalarda boy ish tajribasiga ega bo'lgan nisbatan qariya (}60 yosh) muxlislar. Bunday funktsioner-muxlislar nafaqaga chiqqach, bo'sh vaqtga futbol bilan mazmun bag'ishlashadi.
* Klublarning asosiy sohiblari - muxlislar (68dan 100 foiz ovozgacha). Jadvalda boshqaruv kengashi raisi|nazorat kengashi raisi|rivojlanish strategiyasini belgilovchi klub prezidentlar ko'rsatilgan.
** Bernd Geske - eng yirik aktsioner (9,35 foiz).
*** Filipp Xoltser - eng yirik aktsioner (16,8 foiz).
**** Vilfrid Port - eng yirik aktsioner hisoblangan Daimler kontserni (11 foiz) manfaatlarini himoya qiladi.
Manba: interfutbol.uz

Bosh sahifaga
363