«Reyndjers» hujumchisi RPLga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

Rossiyaning «Zenit» klubi «Reyndjers» hujumchisi Alfredo Morelos xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Bu haqda Todofichajes nashri xabar bermoqda. Qayd etilishicha, Shotlandiya klubi o'z futbolchisini sotishga qarshi emas.
Morelosning transferi «Zenit»ga 15 million evroga tushadi. Futbolchining o'zi Chempionlar ligasida o'ynashni xohlagani uchun «Reyndjers»ni tark etmoqchi.
Jurnalistlarning qo'shimcha qilishicha, Morelosga Turkiyaning «Beshiktosh» jamoasi ham qiziqish bildirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
396