Lingard nega golni Ronaldu kabi nishonlaganini tushuntirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 317

Angliya terma jamoasi yarimhimoyachisi Jessi Lingard JCh-2022 saralashida Andorraga qarshi o'yindagi birinchi golini (4:0) nega g'ayrioddiy tarzda nishonlaganini tushuntirdi.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" yarimhimoyachisi golni portugaliyalik Krishtianu Ronaldu uslubidagi golni nishonladi.
"Bu hafta, men gol urganimda qanday nishonlash haqida o'yladim va Ronalduning jamoaga qaytganiga qandaydir syurpriz qilishga qaror qildiva va gol urganimda xuddi Krishtianu kabi nishonlashga qaror qildim. Bu Krishtianu uchun kichik sovg'adir, - deya Lingardning so'zlarini keltiradi metro nashri.
Eslatib o'tamiz, 36 yoshli Ronaldu 12 mavsumdan so'ng, avgust oyining oxirida "Manchester Yunayted" ga qaytdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
395