O'rtoqlik uchrashuvi. Shvetsiya - O'zbekiston 2:1 (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 208

O'zbekiston milliy terma jamoasi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlari doirasida Stokgolmda Shvetsiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mazkur bahsda tezkor gol urildi. 6 daqiqada terma jamoamiz a'zosi Abdulla Abdullaev o'z darvozamizni ishg'ol qilib qo'ydi. 35 daqiqada esa Isaak darvozamizga ikkinchi golni kiritdi. Bahsning birinchi taymi 2:0 hisobidagi raqiblarimizning g'alabasi bilan yakunlandi. Teng kurashlar ostida kechgan ikkinchi bo'limda esa har ikkala terma jamoa ketma-ket hujum uyushtirdi. 70 daqiqaga kelib esa Eldor Shomurodovning goli hisobni bittaga qisqartirishga yordam berdi va mazkur natija bahs oxirigacha o'zgarmadi.
Shvetsiya - O'zbekiston 2:1
Gollar: Abdulla Abdullaev (avtogol) 6, 1:0, Isaak Kize Telin, 35, Eldor Shomurodov 70, 2:1
Shvetsiya: Kristoffer Nordfeldt, Mattias Yoxansson, Markus Danielson, Yoakim Nilsson, Martin Olsson, Ken Sema, Mattias Svanberg, Yens Kayuste
Yesper Karlsson, Isaak Kize Telin, Robin Kuayson
O'zbekiston: Eldor Suyunov, Xojiakbar Alijonov, Farrux Sayfiev, Abdulla Abdullaev, Doston Tursunov, Odil Hamrobekov, Otabek Shukurov, Oybek Bozorov, Jaloliddin Masharipov, Farrux Ikromov, Eldor Shomurodov

Bosh sahifaga
406