Rabo munozaradagi holatga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 154

Xabaringiz bor, yakuniga etgan Evropa chempionatida Frantsiya terma jamoasi 1/8 final bosqichida Shveytsariyaga penaltilar seriyasida yutqazib qo'ydi.
Hal qiluvchi penaltini Kilian Mbappe kirita olmagandi. Shundan so'ng, Adrien Raboning onasi Mbappe va Pol Pogbaning qarindoshlariga shikoyat qilgani muxlislarni biroz hayratga soldi.
Ushbu voqeaga Rabo izoh bildirdi.
«Tribunada hech narsa sodir bo'lmadi, - deydi Adrien Rabo frantsuz matbuotida. - Bularning barchasini eshitish biroz g'alati edi. Men onam bilan gaplashdim va unga ishonaman.
Agar u hech narsa bo'lmagani haqida aytsa, demak bu to'g'ri. Siz hamma videodan g'azablangan deb bahslashishingiz mumkin, lekin bu tez-tez sodir bo'lib turadigan narsa.
U erda nima deyilganini kim aniq biladi? — hech kim. Men bu haqda Mbappe yoki Pogba bilan gaplashmaganman va bu kerak ham emas», — deydi Rabo.
E'tiborlisi, frantsuzlar jahon chempionatining saralash guruhida peshqadamlik qilmoqda, ammo ular beshtadan faqat ikkita uchrashuvda g'alaba qozonishgan.

Bosh sahifaga
387