Dibalaning maqsadi ma'lum!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 392

«Yuventus» Paulo Dibala bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti.
Il Corriere dello Sport o'z sahifalarida Dibala uchun «keksa sinyora»ning hozirgi maoshi bo'yicha taklifi bonuslar bilan har mavsumda 9 million evrodan oshmaydi, deb xabar beradi.
Argentinalik forvard Matteys de Ligt darajasida pul ishlashni xohlamoqda. Gollandiyalikning maoshi ayni dam 8 million evroga teng, lekin bonusli to'lovlar hisobiga u 12 milliongacha ko'tarilishi mumkin.
Paulo Dibala 2015 yilning yozidan buyon «Yuventus»da o'ynab keladi. 27 yoshli hujumchi klubi safida 256 uchrashuvda 101 gol va 42 golli uzatma muallifi bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
389