Riberi ertaga tibbiy ko'rikdan o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

Frank Riberi "Salernitana" futbolchisi bo'lishga yaqin. Sky Italia nashri xabariga ko'ra, frantsiyalik hujumkor yarimhimoyachi dushanba kuni tibbiy ko'rikdan o'tadi. Agar hammasi yaxshi bo'lsa, Riberi o'sha kuni A Seriya klubi bilan shartnoma imzolaydi.
Frank Riberi hozirda erkin agent. Uning "Fiorentina" bilan shartnomasi shu yilning iyun oyining oxirgi kunida yakuniga etdi.
Ma'lumot o'rnida, "Salernitana" 1998/1999 yilgi mavsumdan buyon birinchi
marta A Seriyada o'ynaydi. Dastlabki ikki turda jamoa umumiy hisobda 2:7 hisobidagi ikki marta mag'lubiyatga uchradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
543