Neymar faoliyatidagi nomutonosiblik "aniqlandi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 212

"PSJ" tomonidan futbol dunyosida qilingan eng qiymati baland transfer bo'lgan Neymar xaridi juda katta shov-shuvlarga sabab bo'lgan edi. Frantsuz klubi braziliyalik hujumchi uchun 200 million funt to'lagan.
Bu undan oldingi eng baland hisoblangan Pogbaning 89 million funtlik transferidan ikki barobarga ko'p demakdir. Ammo Neymarning Parijdagi ishlari ko'ngildagidek kechmadi. U jamoaga kelganidan beri ichki chempionatning 156 ta bahsidan atigi 71 tasida ishtirok eta oldi, xolos. Bu umumiy miqdorning 45 foizni tashkil etadi.
Bu davr mobaynida Neymar o'z hisobiga esa, 87 ta gol yozdirgan. "El Mundo" nashri hisobotida keltirilishicha, "PSJ" Neymarni sotib olganidan beri unga 489 million evro maosh bergan. Uning yillik maoshi 43,4 million evroni tashkil etadi.
Keyingi yildan boshlab, Neymar 50,6 million evro yillik maosh bilan ta'minlanishi kutilmoqda. Bu futbol dunyosidagi har qanday yulduzni maoshidan ko'proq qiymat hisoblanadi.
Manba: futaa.com
Bosh sahifaga
543