"Inter" sobiq direktori: "Mourino uch yoki to'rtinchi o'rinlar uchun kurashmaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

"Inter"ning sobiq xo'jayini Massimo Moratti A Seriyaning yangi mavsumi haqida fikr bildirdi.
"Menga "Inter" yoqadi, lekin "Roma"... Bu haqda gapirmaylik. Menimcha, Joze
Mourinoning A Seriyaga qaytishi yangi chempionatning eng qiziqarli voqeasi. A Seriyada jamoani tortadigan yaxshi murabbiylar ko'p. Biroq, Mour baribir top murabbiy", - dedi Moratti Football Italia nashriga bergn intervyusida.
"Menimcha, Joze Mourino A Seriya chempionligi uchun kurash haqida ochiq gapirmaydi. U biladi, bu qiyin, lekin, imkonsiz emas. U bunga ishonadi va buni uddalashni xohlaydi. Menimcha, Joze uchinchi yoki to'rtinchi o'rinlar uchun kurashish bilan cheklanib qolmaydi", - deya qo'shimcha qiladi mutaxassis.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
336