«Jenoa» amerikaliklar qo'liga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 161

So'nggi bir necha oy ichida «Jenoa» klubini sotish bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda. Natijada, Amerikaning 777 Partners investitsiya firmasi tez orada aktivlarning ko'p qismini sotib olishini e'lon qiladi.
Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri bo'lajak kelishuvning tasdiqlanishi haqida xabar berdi. Shuni ham ta'kidlash joizki, klubning amaldagi prezidenti Enriko Pretsiosi «Jenoa» aktsionerlaridan biri bo'lib qoladi.
Shunisi e'tiborliki, Genuya jamoasi chet ellik xo'jayinlarga ega bo'lgan A Seriyaning sakkizinchi vakiliga aylanadi. 777 Partners firmasiga kelsak, ular oldin Ispaniyaning «Sevilya» klubining ulushini sotib olishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
326