«Manchester Yunayted» Koutinoni APLga qaytarmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1147

«Manchester Yunayted» klubi «Barselona» yarim himoyachisi Filippe Koutinoni xarid chilmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, mankunianliklar braziliyalik futbolchi uchun yozgi transfer paytida 115 million evro to'lashga tayyor. Koutinoning o'zi ham Angliya premer-ligasini qo'msamoqda va tezroq Tumanli Albionga qaytishga tayyor.
26 yoshli futbolchi 2018 yilning yanvar oyida 135 million evro evaziga «Liverpul»dan «Barselona»ga o'tgandi. Yarim himoyachi ushbu mavsumda kataloniyaliklar safida jami 39ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
184