Habib Ronaldu nega "Yuve"ni "Yunayted"ga almashtirgani sababini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164

Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning "Yuventus"dan "Manchester Yunayted"ga o'tishining sababini aytdi.
"Men shaxsiy xabarlarni oshkor qilmoqchi emasman ... U Italiyada zerikkanini va
Angliyaga ketmoqchi ekanligini aytdi. To'g'ri, men Italiya futboli muxlisi emasman va ingliz futboliga qiziqishmni yashirmayman ham. Sababi, u erdagi har qanday jamoa ajoyib o'yin namoyish etishi mumkin", - dedi Habib.
Eslatib o'tamiz, Nurmagamedov avvalroq Ronalduning "Yunayted"ga o'tishi haqida
transferdan bir oy oldin bilganini aytgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
359