Kutilmaganda, Xamesga turk klubidan taklif tushdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159

"Everton" yarimhimoyachisi Xames Rodriges faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Foot Mercato nashri.
Manbaga ko'ra, "Istanbul Bashakshehir" 30 yoshli kolumbiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Ma'lum bo'lishicha, turk klubi 2021/22 yilgi mavsum oxirigacha kolumbiyalikni ijaraga olishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Xames Rodriges "Everton"ga 2020 yil sentyabr oyida kelib qo'shilgan. Futbolchi 2021/22 yilgi mavsumda jamoa tarkibida bitta ham o'yin o'tkazmagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
222