"Manchester Siti" etakchisi bilan shartnoma uzaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159

"Manchester Siti" yarimhimoyachisi Fil Foden bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara olib bormoqda va maoshini deyarli to'rt baravar oshirishga tayyor.
Manbaga ko'ra, "shaharliklar" 21 yoshli yarim himoyachiga haftasiga 150 ming funt maosh bilan olti yillik shartnoma taklif qilgan. Amaldagi shartnomaga ko'ra, ingliz haftasiga 40 ming oladi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Foden "Manchester Siti" tarkibida barcha turnirlarda 50 o'yinda qatnashdi va 16 gol urib, 10 golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
240