Saloh "Liverpul"da qolishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

"Liverpul"ning misrlik hujumchisi Muhammad Saloh mersisaydliklar bilan shartnomasini uzaytirish shartlarini ma'lum qildi.
Britaniya matbuoti xabariga ko'ra, Saloh yangi shartnoma bo'yicha haftasiga 500 ming funt atrofidagi maosh talab qilmoqda. Hozir Muhammad haftasiga 200 ming funtdan ko'proq maosh oladi.
Hujumchining "qizillar" bilan shartnomasi ikki yildan so'ng tugaydi.
Avvalroq, Saloh "Liverpul" safida Chempionlar ligasi, Premer-liga, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib bo'lishga erishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219