Srechko Katanets: "Shvetsiya bilan o'yinda ko'proq ijobiy, kamroq salbiy narsa kashf qilmoqchiman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 178

O'zbekiston milliy terma jamoasi ayni paytda Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahrida mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. Bosh murabbiy Srechko Katanets Shvetsiya bilan o'yinga tayyorgarlik haqida O'FA matbuot xizmatiga fikrlarini bildirib o'tdi.
- Hammasi ajoyib. Men O'FAga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Boisi tashkilotchilik jarayoni juda ham a'lo darajada. O'yinchilar o'z ishlari bilan band. Bizda boshqa muammo yo'q. Faqat Javohir Sidiqovning jarohatidan biroz tashvishlanmoqdaman. O'ylashimcha u tez orada safga qaytadi. O'yinga tayyormiz. Shvetsiyaga bo'lgan parvozimiz uzoq kechdi, deya olaman. Shu bois kecha futbolchilarda charchoq alomatlari sezildi. O'yingacha barchasi o'z iziga tushib ketadi.
Men hali o'yinchilarning umumiy holatining 5 foizidan ham xabardor emasman. O'rtoqlik uchrashuvlari aynan shuning uchun tashkil qilinmoqda. Mana shunday bahslar orqali ularning qanday formadaligi, holati bilan tanishamiz. Bizni juda qiyin bellashuv kutmoqda. Umid qilamanki, ertangi uchrashuvdan o'zim uchun ko'proq ijobiy, kamroq salbiy narsalarni kashf qilaman. Mashg'ulotlar emas, haqiqiy o'yin bizning qandayligimizni ko'rsatib beradi",- deydi Katanets.

Bosh sahifaga
449