Italiya terma jamoasida jiddiy yo'qotish bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 241

"PSJ" va Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Marko Verratti Shveytsariyaga qarshi Jahon chempionati saralash o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Yarimhimoyachi Bolgariya bilan o'yinda (1:1) tizzasidan jarohat oldi. Verratti uchrashuvni tugatganiga qaramay, ertaga u maydonga tushmasligi mumkin. Futbolchi bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi. Agar Marko Verratti Italiyaga yordam bera olmasa, uning o'rnini Manuel Lokatelli egallaydi.
Shveytsariya - Italiya uchrashuvi 5-sentyabr kuni bo'lib o'tadi. O'yin boshlanish vaqti - Toshkent vaqti bilan 23:45.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
428