Riberi va "Salernitana" o'rtasidagi shartnoma shartlari ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

Frantsiyalik yarim himoyachi, hozirda erkin agent bo'lgan Frankk Riberi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Riberi "Salernitana"ga o'tishga rozi bo'ldi. Klub bir necha kun ichida Frankni o'z o'yinchisi sifatida tanishtirishi kutilmoqda.
Frantsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi dushanba kuni Neapolga keladi va o'sha kuni Salernoda tibbiy ko'rikdan o'tadi. Ayni paytda, futbolchi oilasi bilan Myunxenda, u erda yakuniy qarorni qabul qiladi.
Ma'lum qilinishicha, shartnoma bir mavsumga tuziladi va yiliga 1,5 million evrodan ortiq maosh oladi. Shuningdek bitim yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
394