Emerson: «O'z sevgan klubimda qololmayapman va bu juda achinarli»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

Himoyachi Emerson Royal bir kun oldin «Barselona»dan «Tottenxem»ga ko'chib o'tganidan xabaringiz bor.
Futbolchi Kataloniya klubida o'ynashni davom ettirmoqchi bo'lgan. Biroq, «ko'k-anorranglilar» rahbariyati Emersondan qutulishga qaror qildi.
«Meni Kataloniyada o'ynashga bo'lgan ambitsiyalarim bor edi. Men ham baxtli bo'lishni xohlaydigan odamman. O'z sevgan klubimda qololmayapman va bu juda achinarli.
Bilaman, hech kim «Barselona»da qolishimni xohlamayapti, lekin ketishim kerak. Men ketishga qaror qildim.
Men bu erda baxtsiz bo'lmasligimni aytdim. Vaziyatni tushunishning yaxshiroq usullari bor edi, afsus”, deydi Emerson.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
207