"Barsa" uch nafar etakchisi bilan shartnoma uzaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

"Barselona" jamoaning uch nafar etakchi futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, Kataloniya klubi Usmon Dembele, Pedri va Ansu Fati bilan uzoq muddatli shartnoma imzolamoqchi. Qayd etilishicha, eng dolzarb muammo Dembele bilan shartnomani uzaytirishdir, chunki uning shartnomasi kelasi yozda tugaydi. Shu sababli, "ko'k-anorranglilar" tezda frantsuz futbolchisi bilan yangi bitim tuzishi kerak.
Fati va Pedri esa kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma imzolashga rozi va bu unchalik qiyinchik tug'dirmasligi aytilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
255