De Yong: "Dunyoning eng buyuk klubida o'ynash aql bovar qilmas hodisa"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

Hujumchi Lyuk de Yong "Sevilya"dan "Barselona"ga ijaraga o'tishi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu men uchun muhim va katta imkoniyat. Dunyoning eng buyuk klubi tarkibida o'ynash aql bovar qilmas hodisa. Umid qilamanki, muvaffaqiyatga erishaman va garchi bu oson bo'lmasa ham o'zimni "Barselona"da ajoyib o'yinimni namoyish etaman.
Men Ronald Kuman bilan Gollandiya terma jamoasida doim yaxshi munosabatda bo'lganman va biz taktika haqida ko'p marta gaplashganmiz. Men uchun Kuman juda yaxshi murabbiy. O'ylaymanki, u menga ishonadi. "Barselona"ga borib, u bilan yana ishlash - bu alohida voqea", - deydi De Yong.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244