UEFA rahbari FIFAning Jahon chempionatini har ikki yilda o'tkazish g'oyasiga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin FIFAning har ikki yilda bir marta jahon chempionatini o'tkazish rejasiga shubha bilan qaraydi. AP nashrining xabariga ko'ra, Cheferin FIFA rahbari Janni Infantino va uning tashkiloti bu masala bo'yicha aloqaga chiqishni istamayotganidan ham juda xavotirda.
"UEFA va milliy assotsiatsiyalar FIFA taklif qilgan rejalaridan jiddiy xavotir bildirishdi. Ajablanarlisi shundaki, FIFA bu g'oyani ilgari surish uchun PR-kampaniyasini boshlaganga o'xshaydi, garchi bunday takliflar hali rasman ilgari surilmagan bo'lsa ham", - deb yozadi Cheferin Evropa bo'ylab muxlislar guruhlarini birlashtirgan FSE tashkiloti direktoriga yozgan maktubida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
303