Tokio-2020. Taekvondo. Guljanoy Naimova mezbon sportchini mag'lubiyatga uchratgan holda yarim finalga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 105

Para taekvondo bo'yicha ayollar o'rtasida +58 kg vazn toifasida hamyurtimiz Guljanoy Naimova hozirgina chorak final jangini yakunladi.
Ushbu bosqichda sportchimizga yaponiyalik para taekvondochi Shoko Ota raqiblik qildi. Hamyurtimiz mezbon sportchini 37:12 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Guljanoy final ostonasida Buyuk Britaniya vakili Emi Trusdeyl raqiblik qiladi. Ushbu jang bugun Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244