Mourino yubiley uchrashuvini o'tkazishga tayyorlanmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 171

Terma jamoalar o'yinlari uchun tanaffusdan so'ng “Roma” A Seriyaning 3-turidan o'rin olgan “Sassuolo”ga qarshi uy uchrashuvini o'tkazadi. Rimliklar ustasi Joze Mourino uchun bu uning mustaqil murabbiylik faoliyatidagi 1000 o'yini bo'ladi.
Joze Mourino faoliyati davomida ko'plab klublarda ishlagan, xususan “Portu”, “Chelsi”, “Inter” va “Real”. Portugaliyalik mutaxassisning asosiy yutuqlaridan biri — 2009/2010 yilgi mavsumda “Inter“ bilan trebl. So'nggi yillarda Mourino ko'pincha sovrinlar yo'qligi va jamoalarining noaniq o'yini uchun tanqid qilinadi.
Ma'lumot uchun, Joze Mourino boshchiligida “Roma” 2021/2022 yilgi Italiya chempionatini ikki g'alaba bilan boshladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
241