«Yuventus» va Dibala mashmashasi davom etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164

«Yuventus» hujumchi Paulo Dibala bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti, deb xabar beradi Calciomercato.
«Byankoneri» rahbariyati a'zolari futbolchining agenti bilan muzokara o'tkazdi. Ammo tomonlar bu borada kelisha olmadilar.
Bunga moliyaviy muammolar sabab bo'ldi. Dibala yiliga 10 million evro olmoqchi. Biroq «Yuventus» argentinalik futbolchiga buncha pul to'lashga tayyor emas.
27 yoshli hujumchining Turin klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha hisoblab chiqilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221