«Bo'rilar» o'z etakchisini jamoda saqlab qoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 168

«Roma» o'z yarimhimoyachisi Nikola Zanolo bilan yangi shartnoma tuzmoqchi, deydi jurnalist Nikolo Skira.
Insayderning ma'lumotlariga ko'ra, «bo'rilar» 22 yoshli futbolchi bilan shartnomani 2025 yilgacha uzaytirish niyatida.
Tomonlar o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2023/24 yilgi mavsum yakunida o'z nihoyasiga etadi.
Ma'lumot uchun, Zanolo 2018 yildan buyon «Roma» safida to'p suradi, bu vaqt oralig'ida u 72 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
307