"Tottenxem" sobiq futbolchisi "Arsenal"ga o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 154

"Tottenxem" sobiq himoyachisi Serj Ore tez orada "Arsenal" bilan shartnoma imzolaydi, deb xabar beradi Sky Sports nashri.
Manba bergan xabarga ko'ra, 1 sentyabrda "shporlar" bilan shartnomani bekor qilgan 28 yoshli ivuarlik futbolchi "Arsenal" bilan shartnoma imzolashi mumkin. Avvalroq,
futbolchiga Moskvaning "Spartak" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
2020/21 yilgi mavsumda Ore Angliya Premer-ligasining 19ta o'yinida ishtirok etib, ikkita gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226