Jeko Evropa hujumchilari orasida kuchli o'nlikka kirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

1 sentabr kuni Strasburgda JCh-2022 saralash bahslari doirasidan o'rin olgan Frantsiya - Bosniya va Gertsegovina uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Edin Jeko o'zini bosniyaliklarning gaoliga mualliflik qildi. Hujumchi uchun bu gol terma jamoa uchun 60-goli bo'ldi. Shu tariqa, Jeko terma jamoadagi gollari soni bo'yicha Evropaning 10-futbolchisiga aylandi.
Peshqadam - Portugaliya terma jamoasi safida 111 ta gol urgan Krishtianu Ronaldu. Ulardan keyin Ferents Pushkash (Vengriya va Ispaniya, 84), Sandor Kosich (Vengriya, 75), Miroslav Kloze (Germaniya, 71), Robert Levandovski (Polsha, 69), Gerd Myuller (Germaniya, 68), Robbi Kin (Irlandiya), 68), Romelu Lukaku (Belgiya, 64) va Zlatan Ibragimovich (Shvetsiya, 62).

Bosh sahifaga
277