Roy Kin: «Krishtianu Manchesterdan ketgan Ronaldudan ancha farq qiladi, biroq...»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 370

Roy Kin Krishtianu Ronalduning «Manchester Yunayted»ga o'tishiga izoh berdi.
«Ronaldu «Manchester Yunayted»ga o'tganida hayron bo'ldim. Uning «Siti» ga ketishi haqida gap bor edi.
U avvalgi formasida emas. Manchesterdan ketgan Ronaldudan ancha farq qiladi. Biroq uning futbol aqli fantastik o'sgan.
Bu Premer-liga uchun ajoyib transfer. Men uni yana «mankunianlar» libosida ko'rishni sabrsizlik bilan kutyapman.
Ronaldu «Manchester Yunayted»da allaqachon afsonaga aylangan, u Italiyada to'purari bo'ldi va hozirda xalqaro miqyosdagi to'purar ham. Ajoyib xarid", - deydi Kin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
279