Pandemiya paytida transferlarga eng ko'p pul sarflagan klublar ro'yxati e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164

CIES Football Observatory tadqiqot o'tkazdi va pandemiya paytida eng ko'p pul Evropaning kuchli beshlik chempionatlaridagi klubla ro'yxatini tuzdi. Mazkur reytingda 2020 va bu yilgi yozgi transfer mavsum hisobga olindi.
Ro'yxatda birinchi o'rinni Londonning "Chelsi" klubi egalladi, u yangi futbolchilarni sotib olish uchun 403 million evro sarfladi. Ikkinchi o'rinni "aristokratlar"dan 80 millionga ortda qolgan "Manchester Siti" band etdi. Shuningdek, kuchli uchlikni "Manchester
Yunayted" 286 million evro bilan yopib qo'ydi.
Pandemiya paytida transfer xarajatlari bo'yicha Evropaning etakchi ligalaridagi eng yaxshi 10 klub:
1. «Chelsi» — 403 mln evro
2. «Manchester Siti» — 323 mln
3. «Manchester Yunayted» — 286 mln
4. «Yuventus» — 272 mln
5. «Arsenal» — 258 mln
6. «Aston Villa» — 235 mln
7. «Tottenxem» — 230 mln
8. «Leyptsig» — 190 mln
9. «Lids» — 187 mln
10. «PSJ» — 168 mln
Parijliklar faqat o'ninchi o'rinda bo'lishlariga qaramay, klub eng yulduzli tarkib
hisoblanadi. Gap shundaki, yulduzli futbolchilarning bir qismi klubga tekin ketgan, jumladan Lionel Messi.

Bosh sahifaga
279