VARda hech kim yo'q, Gvardiolaning gollari bekor qilindi: hakamlar "Real"ga yon bosdimi? (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4601

La Liga navbatdagi tur doirasida bo'lib o'tgan "Real Valyadolid" hamda "Real" jamoalari o'rtasidagi o'yinda qiziq holat sodir bo'ldi. Bu holat VAR tizimi bilan bog'liq bo'ldi.
O'yinning 14-daqiqasida Serxi Gvardiola Tibo Kurtua darvozasini ishg'ol etdi. Ammo bosh hakam Xesus Xil Mansano VAR tizimiga murojaat qilib, offsaydni qayd etdi va golni bekor qildi. Oradan uch daqiqa o'tgach yana o'sha Gvardiola gol urdi. Ammo yana o'yindan tashqari holat qayd etildi.
Eng ajablanarlisi, internetda yangi surat tarqaldi. Unda ko'rish mumkinki, "Valyadolid" va "Real" o'yini vaqtida videoassistentlar o'tiradigan xona bo'm-bo'sh, chiroqlar esa o'chirilgan. Xo'sh, chindan ham ofsayd bormidi? Bo'm-bo'sh VAR xonasi-chi... FOTO

Bosh sahifaga
199