"Roma" etakchisi bilan shartnoma uzaytirishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

Italiyaning "Roma" klubi yarimhimoyachisi Nikolo Zanolo bilan shartnomani uzaytirishga tayyor. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira o'z tvitterdagi sahfasida xabar berdi.
Manbaga ko'ra, tomonlar yangi shartnomani 2025 yilgacha uzaytiradilar. Qayd etilishicha, yaqin orada 22 yoshli futbolchining agenti va klub vakillari uchrashuv o'tkazib, kelishuvning so'nggi tafsilotlarini muhokama qilishadi.
Eslatib o'tamiz, Zanolo 2018 yilda "Roma" futbolchisiga aylangan. Avvalroq, yarimhimoyachi "Virtus Entella" va "Inter" kabi klublar sharafini himoya qilgan. Transfermarkt portali futbolchini 40 million evroga baholamoqda.
Ayni paytda "Roma" A seriyada olti ochko jamg'arib, ikkinchi o'rinda bormoqda. Rimliklar o'z uyida "Fiorentina"ni (3:1) va safarda "Salernitana"ni mag'lub etishdi (4:0).

Bosh sahifaga
243