Ronaldu «Manchester Yunayted»da o'ziga raqam tanladi. Kutganmidingiz? (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 521

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'ziga raqam tanladi.
U yangi mavsumda "MYu" safida 7-raqamli futbolkada o'ynaydigan bo'ldi. Aslida bu raqam Edinson Kavaniga tegishli edi. Krishtianu 2003-2009 yillarda "Yunayted"dagi faoliyatida ham ushbu raqamda to'p tepgan edi.
Ronaldu, shuningdek, "Real", Yuventus" klublari va Portugaliya terma jamoasida ham aynan ushbu raqamni hech kimga bermagan.
Portugaliyalik futbolchi ushbu raqamni bergani uchun Kavaniga minnatdorchilik bildirdi:
"Yana "Manchester Yunayted"da ushbu raqamni olishimga ishonchim komil emas edi. Shuning uchun ko'rsatilgan yuksak ehtirom uchun Ediga minnatdorchilik bildiraman", - dedi Ronaldu.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
243