Sulsher futbolchisiga ishonadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 195

Yozgi transfer oynasining oxirgi kunida "Everton" "Manchester Yunayted" bilan yarimhimoyachi Donni van de Bekni ijaraga olmoqchi edi. Biroq, "MYu" ustozi Ole-Gunnar Sulsher yarimhimoyachini qo'yib yubormadi. Mutaxassis futbolchiga umid qilayotganini aytdi.
Shu bilan birga, Britaniya OAVlari "Old Trafford"dagi gollandiyalikning kelajagi hamon noaniqligicha qolmoqda, degan da'volarni davom ettirmoqdalar.
Avvalroq, futbolchining agenti "Manchester Yunayted"dagi mijozining pozitsiyasi haqida aytgan edi.
Van de Bek o'tgan mavsumda har o'yinda o'rtacha 27 daqiqa o'ynagan. Yangi mavsumda 24 yoshli yarimhimoyachi maydonga tushmagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249