"Vilyarreal" va "Atletiko" murabbiylari diskvalifikatsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

Ispaniya La Ligasining "Atletiko" va "Vilyarreal" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvi paytida tribunada to'qnashuv bo'lib, "matraschilar" murabbiylaridan biri Tomas Renones Unai Emerini urdi.
Bugun liga rahbariyati Renonesni uchta o'yinga diskvalifikatsiya qilinganini e'lon qildi. Biroq, "Vilyarreal" bosh murabbiyi yordamchisi ham provokatsion harakatlari uchun bir o'yinga jazo oldi.
Eslatib o'tamiz, mazkur jamoalar o'rtasidagi uchrashuv durang bilan yakunlandi.
Ta'kidlash joizki, oldinroq, Emeri AS nashriga bergan intervyusida, qo'ldan chiqarilgan g'alabadan so'ng "kiyinish xonasida devorni yarim soat tepganini" aytgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252