Mbappe Frantsiya terma jamoasi lagerini tark etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 197

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasi joylashgan lagerni tark etdi, deb xabar beradi L'Equipe nashri. Ma'lum bo'lishicha, hujumchi jarohat tufayli keyingi o'yinlarda terma jamoaga yordam bera olmaydi.
Mbappe JCh-2022 saralash bosqichida Bosniya va Gertsegovinaga qarshi o'yinda jarohat oldi.
Manbaning xabariga ko'ra, frantsuz o'yin paytida kuchli og'riqni his qilgan va uchrashuvning eng oxirida almashtirilgan.
Bugun, 2 sentyabr kuni forvard tibbiy ko'rikdan o'tdi, shundan so'ng uning keyingi o'yinlarda ishtirok etmasligi to'g'risida qaror qabul qilindi.
Ma'lumot o'rnida, Frantsiya sakkiz ochko jamg'ardi va "D" guruhida peshqadamligini mustahkamladi, ikkinchi o'rinni Ukraina jamoasi egalladi (4). Bosniya
va Gertsegovina ikki ochko to'plab, turnir jadvalida 4-o'ringa ko'tarildi. Keyingi turda Frantsiya Ukrainaga qarshi maydonga tushadi.

Bosh sahifaga
252