Konor Makgregor cherkovda mehnat qilishga majbur qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2037
UFC bo'yicha sobiq jahon chempioni Konor Makgregor o'tgan yilning aprel oyida dog'istonlik sportchi Habib Nurmagomedov va uning jamoasi bo'lgan avtobusga hujum qilgan edi.
Holat yuzasidan AQShdagi sud Konor Makgregorni 5 kun mobaynida jamoat joylarida ishlashga mahkum qildi.
Irlandiyalik sportchi sudning chiqargan qarorni o'tashni boshladi va Nyu-Yorkdagi ikkita cherkovda ishlab berdi.
Konor u erda qanday yumushni bajargani ma'lum emas. Makgregor cherkovda jismoniy mehnat qilgani aytilmoqda.
Har ikkala cherkovdagi jamoatning jurnalistlarga ma'lum qilishicha, Konor barcha ishlarni ko'ngildagidek bajargan va u erdagi odamlar bilan tezda til topishib olgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!