Tokio-2020. Husniddin Norbekov – ikki karra Paralimpiya o'yinlari chempioni!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

Bugun Tokiodagi paralimdiadada engil atletikaning F35 klassida erkaklar o'rtasida yadro uloqtirish bo'yicha final bahslari bo'lib o'tdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan hamyurtimiz Husniddin Norbekov 16.13 metr natija bilan oltin medalni qo'lga kiritdi.
So'nggi urinish oldidan vatandoshimizning eng yaxshi natijasi 15.80 metr bo'lib turgandi. Argentinalik atlet esa oltinchi urinishda yadron 15.90 metrga uloqtirib oldinga chiqib oldi.
Husniddin esa oxirgi imkoniyatdan samarali foydalanib, 16.13 met natija bilan chempionlikni qo'lga kiritdi.
Ushbu g'alabadan so'ng O'zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 16 taga etdi: 6 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza.
Ma'lumot uchun, Norbekov Rio-2016 yozgi Paralimpiya o'yinlarida F37 klassida disk uloqtirish bo'yicha oltin medalni qo'lga kiritgan edi.

Bosh sahifaga
202