Grizmann: «Barselona» libosi uchun borimni berdim»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann «Barselona»ni tark etgach, klub muxlislari bilan xayrlashdi.
«Hurmatli «Barselona» muxlislari, men barchangiz bilan xayrlashmoqchiman. Mehringiz uchun rahmat aytaman.
Men bu libos uchun borimni berdim, bu buyuk klubga sodiq edim. Sizlar bilan tribunalarda ko'proq vaqt o'tkazishni istardim.
Ammo bu amalga oshmadi. Men katta oilaning kichik bir a'zosi bo'lganimdan faxrlanaman», - deb yozadi hujumchi o'z sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Grizmann 2019 yilda «Barselona»ga 120 million evroga ko'chib o'tgan edi. Bir necha kun oldin u o'z sobiq jamoasiga qaytdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203