Tokio-2020. Mirzaeva va Sherqo'ziev saralash bosqichida qatnashishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

Bundan biroz avval para kanoe bo'yicha ayollar o'rtasida KL3 klassida 200 metrga o'tkazilgan saralash bahslari yakunlandi.
Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Shahnoza Mirzaeva 53.521 soniya vaqt bilan marraga uchinchi bo'lib etib keldi. Endi sportchimiz finalga chiqish uchun yarim final bahsida ishtirok etadi.
Shuningdek, para kanoe bo'yicha erkaklar o'rtasida VL3 klassida 200 metrga o'tkazilgan saralash bahslari yakunlandi.
Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Hayitmurod Sherqo'ziev 54.269 soniya vaqt bilan marraga to'rtinchi bo'lib etib keldi. Endi bu sportchimiz ham finalga chiqish uchun yarim final bahsida ishtirok etadi.
Para kanoe bo'yicha yarim final bahslari ertaga o'tkaziladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
361