Tokio-2020. Dilafruzxon Ahmadxonovaga medal uchun 1 santimetr kamlik qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

Hozirgina ayollar o'rtasida F35 klassida yadro uloqtirish bo'yicha final bahslari yakunlandi.
Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Dilafruzxon Ahmadxonova 8.59 metr natija bilan 4-o'rinni egalladi. Afsuski, sportchimizga bronza medalini qo'lga kiritish uchun bor-yo'g'i 1 sm kamlik qildi. 3-o'rinni egallagan chexiyalik sportchi Anna Lyuksova 8.60 metr natija ko'rsatdi.
Aytish kerakki, Ahmadxonovaning bugungi natijasi o'zining shaxsiy rekordi sifatida qayd etildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
201