Tokio-2020. Azizbek Abdulhabibov yarim finalga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlarining to'qqizinchi kungi bellashuvlari boshlandi. Hozirgina para kanoening erkaklar o'rtasida KL2 klassida 200 metrga o'tkazilgan saralash bahslarida hamyurtimiz Azizbek Abdulhabibov ishtirok etdi.
Sportchimiz 44.437 soniya vaqt bilan marraga 4-o'rinda etib keldi. Shu tariqa Azizbek yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Para kanoe bo'yicha yarim final bahslari ertaga o'tkaziladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
204