Ronaldu jahon rekordini yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 202

Evropada Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida navbatdagi uchrashuvlar bo'lib o'tdi.
Portugaliya o'z maydonida Irlandiyaga qabul qilib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi. 89 va 90+6-daqiqalarda ikkita gol urgan Ronaldu jamoasining g'alabasini ta'minladi.
E'tiborlisi, ushbu dubl evaziga portugaliyalik yulduz terma jamoa safida kiritgan gollari sonini 111 taga etkazib oldi va jahon rekordini o'rnatdi. Avval ushbu ko'rsatkich eronlik Ali Dayiga tegishli edi (109).
Ma'lumot uchun, 36 yoshli Ronaldu Portugaliya terma jamoasi tarkibida 2003 yilda debyut qilgan va bu vaqt oralig'ida 180 uchrashuvda maydonga tushgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
185