Masharipov qaytdi, jarohatlangan Siddiqov o'rniga Omonov jalb etildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

Srechko Katanets boshligidagi O'zbekiston milliy jamoasining FIFA kunlari doirasidagi mashg'ulotlari davom etmoqda.
So'nggi ikki kungi mashg'ulotlarni o'tkazib yuborgan Jaloliddin Masharipov bugundan mashg'ulotlarga qaytdi. Bugun 28 yoshga kirgan «An-Nasr» klubi futbolchisi maxsus «tabrik yo'lakcha»sidan o'tkazildi.
Shuningdek, kechagi mashg'ulotlarda jarohat orttirib olgani ma'lum bo'lgan Javohir Siddiqov o'rniga «Lokomotiv» hujumchisi Azizbek Omonov yig'inga jalb etildi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy jamoasi 5 sentyabr sanasida Shvetsiya milliy jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
185