JCh-2022 saralash. Ukraina Qozog'istonda ochko yo'qotdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 176

Evropada JCh-2022 saralash bosqichi doirasida navbatdagi tur o'yinlari start berildi. Saralash bosqichi boshlanganidan buyon duranglar bilan o'ralashib qolgan Ukraina terma jamoasi safarda Qozog'iston bilan yana durang o'ynadi.
Bahsning 2-daqiqasidayoq Yaremchuk hisobni ochgan bo'lsa, bahs tugashiga 16 daqiqa qolganida Valiulin hisobni tenglashtirdi.
O'yinga qo'shib berilgan daqiqalarda esa tomonlar yana bittadan gol urishdi: 90+3da Sikan, 90+9da yana o'sha Valiulin.
Shu tariqa, Ukraina saralash bosqichida ketma-ket to'rtinchi o'yinda durang qayd etmoqda. Ukrainlar 31 mart o'z uylarida ham Qozog'iston bilan durang o'ynagan edi (1:1).
JCh-2022 saralash bosqichi. Evropa, "D" guruhi, 4-tur
Qozog'iston – Ukraina 2:2 (0:1, 2:1)
1 sentyabr, 19.00, «Astana Arena»
Gollar: 0:1 – 2 Yaremchuk, 1:1 – 74 Valiullin, 1:2 – 90+3 Sikan, 2:2 – 90+6 Valiullin.
Qozog'iston – Pokatilov, Marochkin, Biistrov, Maliiy, Logvinenko, Kuat (Vorogovskiy, 84), Valiullin, Tagiibergen (Orazov, 90), Vasilev (Jukov, 90), Nurgaliev (Zaynutdinov, 61), Shushenachev (Aymbetov, 60).
Ukraina – Pyatov, Sobol (Sikan, 82), Matvienko, Karavaev, Zinchenko, Buyalskiy (Malinovskiy, 59), Yarmolenko, Zabarniiy, Sidorchuk (Shaparenko, 75), Mikolenko, Yaremchuk (Tsiigankov, 59).
Ogohlantirishlar: Vasilev (43), Mikolenko (52), Zinchenko (74), Pokatilov (90).

Bosh sahifaga
181