O'zbekiston futzal terma jamoasi Litvaga etib bordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy jamoasi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Litvaga etib bordi. Vakillarimiz tayyorgarlikning so'nggi bosqichini aynan ushbu mamlakatda olib boradi.
Xabaringiz bor, bungacha Bahodir Ahmedov boshchiligidagi jamoamiz Ispaniya va Portugaliyada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazib, bir nechta kuchli terma jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazdi.
Litvadagi Mundial 12 sentyabrda boshlanib, 3 oktyabr kuni yakuniga etadi. O'zbekiston guruhdagi dastlabki uchrashuvni 12 sentyabr kuni Gvatemalaga qarshi o'tkazadi. Ikkinchi o'yin 15 sentyabr kuni Rossiya, uchinchi bahs esa 18 sentyabr kuni Misrga qarshi bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
177